locale OZ

«Navbahor»: «Andijon»ga qarshi o‘yin oldidan yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda bo‘lajak safar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Navbahor»: «Andijon»ga qarshi o‘yin oldidan yig‘ilish o‘tkazildi
Фото: Навбаҳор ПФК

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan bahsni «Navbahor» safarda "Andijon"ga qarshi o‘tkazadi.

O‘zingizga ma’lum, joriy yilgi mavsumda viloyatimiz muxlislari uchun Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Sh.Abdurazaqovning tashabbuslari bilan o‘yinlarga borib kelish uchun avtotransportlar tashkil etilgan.

Andijon shahrida bo‘lib o‘tadigan "vodiy derbisi" uchun ham ishqibozlarga transport vositalari ajratiladi. Mazkur uchrashuvning prinsipial ekanligini inobatga olgan holda, bu safar 500 nafar muxlisga avtobuslar ajratiladigan bo'ldi. Ishqibozlarning safarga bexatar borib-kelishlarini ta’minlash maqsadida, bugun "Markaziy" stadionda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shuhrat Mirxoldirshayev, Namangan viloyati IIB JXX va JTSB boshlig‘i o‘rinbosari Hasanboy Nuriddinov, Namangan viloyati PPX maxsus otryad komandiri Jamshid Kimsanov hamda "Navbahor" klubi vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda bo‘lajak safar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi va muxlislar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting