locale OZ

Navbahor Abbosjon G'ulomov bilan tuzilgan  shartnoma muddatini uzaytirdi

Bugun klub qarorgohiga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor Abbosjon G'ulomov bilan tuzilgan  shartnoma muddatini uzaytirdi
photo: Navbahor FK

Navbahor Abbosjon G'ulomov bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirdi.

"Bugun klub qarorgohiga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurdi.

Jamoamiz prezidenti Anvarjon Abduvohidovich Tojimirzayev bilan birgalikda "Navbahor" safida yakunlangan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar orasidan yetakchilarni kelasi mavsumda ham "lochinlar" tarkibida olib qolish masalasini muhokama qilindi.

Bosh murabbiy Timur Tohirovich Kapadze taqdim etgan short-list asosida jamoamiz safida sermahsullik ko'rsatib, yakunda "Navbahor"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi va PFL tomonidan 2025 yilgi mavsumning "Yil kashfiyoti" deb e'tirof etilgan Abbosjon G'ulomov bilan kelishuvga erishildi va u bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting