«Navbahor» 9 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Qishki o'quv- mashg'ulot yig'inining qolgan qismini aynan Turkiyada davom ettirilishi ko'zda tutilgan.
Фото: Навбаҳор ПФК
“Navbahor” jamoasi mavsum oldidan bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yakunlangan mavsumda “lochinlar” sharafini himoya qilgan Umidjon Ergashev, Igor Gabriel, Augusto Pedro, Rian Islamov, Gilerme Gudesh, Julio Cezar, Jamshid Boltaboyev, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G'ofurovlar jamoani tark etishdi.
Ma’lumot uchun, jamoa 14-yanvar kuni jamoa a’zolari Turkiyaga jo'nab ketishadi. Qishki o'quv- mashg'ulot yig'inining qolgan qismini aynan Turkiyada davom ettirilishi ko'zda tutilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist