«Navbahor» 2 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Навбаҳор ПФК
O‘tgan mavsumda “lochinlar” sharafini himoya qilgan mahoratli futbolchilar - yarim himoyachi Komiljon Tojidinov va hujumchi Asadbek Jo‘raboyevlar jamoani tark etishdi.
Tojidinov o‘tgan mavsumda jamoamiz tarkibida O‘zbekiston Superligasi hamda kubogi o‘yinlarida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 425 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, Jo‘raboyev yuqorida keltirilgan ikki musobaqa uchrashuvlarida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 329 daqiqa to‘p tepgan.
“Biz mazkur o‘yinchilarga “Navbahor”dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist