“Nasaf” U21 — Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi sohibi!
Bugun yoshlarimiz an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasi finalida Muborak shahrining Mashal-A jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
photo: Nasaf fk
Bugun yoshlarimiz an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasi finalida Muborak shahrining Mashal-A jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Hal qiluvchi bahsda Nasaf U21 futbolchilari ishonchli o‘yin namoyish etib, 4:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi va musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
1-o'rin. Nasaf U21
2-o'rin. Mashal-A
3-o'rin. Super Oil
Shuningdek, jamoamiz posboni Akbarali Sodiqov musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb e’tirof etildi. 👏
Yoshlarimizni yorqin g‘alaba va navbatdagi sovrin bilan tabriklaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor