«Nasaf» Sharof Muhitdinov bilan shartnomani uzaytirdi
Muhitdinov yana bir yil jamoada qoladi.
Фото: Насаф ПФК
Qarshining “Nasaf” klubi jamoaning yetakchi o‘yinchilar bilan yangi shartnoma imzolashda davom etmoqda.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, mohir yarim himoyachi Sharof Muhitdinov jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi va yana bir yil "ajdarlar" sharafini himoya qiladi.
“O‘zining paslari va shedevr gollari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan futbolchimizga va jamoamizga omad tilaymiz”, - deyiladi xabarda,
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist