locale OZ

«Nasaf» rahbariyati jamoa muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv yakunida muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nasaf» rahbariyati jamoa muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Фото: Насаф ПФК

Bugun "Nasaf" futbol klubi direktori Alisher Yusupov boshchiligidagi klub rahbariyati jamoamizning bir guruh faol muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Alisher Ismoilovich jamoamizni har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, yaqinda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jamoamizning sodiq muxlislaridan biri vafot etgani qayg‘u bilan esga olindi. Ushbu holat safar vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish kerakligini yana bir bor eslatdi.

Klub tomonidan har doim muxlislarning safar o‘yinlariga xavfsiz borib-kelishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Uchrashuvda uzoq masofalardagi safarlarda muxlislarning dam olishi, sergaklikni yo‘qotmasligi va tartib-intizomga rioya etish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, klub rahbari boshqa jamoalar muxlislari bilan do‘stona munosabatda bo‘lish va sog‘lom raqobat muhitini saqlab qolish lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting