locale OZ

«Nasaf» PFK yangi ramzini taqdim etdi

Mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri – Qashqadaryo viloyatining "Nasaf" professional futzal klubi mamlakat XXX milliy chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.
 «Nasaf» PFK yangi ramzini taqdim etdi
photo: Nasaf fk

Mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri – Qashqadaryo viloyatining "Nasaf" professional futzal klubi mamlakat XXX milliy chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

So‘nggi yillarda Qarshi shahri O‘zbekiston futzalining muhim markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Zamonaviy sport infratuzilmasiga ega shaharda raqobatbardosh jamoani shakllantirish, yuqori natijalarga erishish hamda muxlislar ishonchini oqlash klubning ustuvor maqsadlaridan biri sanaladi.

Yangi mavsum oldidan jamoada seleksiya ishlari izchil olib borilmoqda. Klub rahbariyati avvalo o‘tgan mavsum jamoa sharafini munosib himoya qilgan asosiy tarkib o‘yinchilarini saqlab qolgan holda, tarkibni Qashqadaryo futzal maktabi istiqbolli tarbiyalanuvchilari hamda tajribali xorijlik futzalchilar hisobiga yanada kuchaytirish bo‘yicha izchil ish olib borayapti.

Shuningdek, klub o‘zining yangilangan ramzini rasman tasdiqlab, uni O‘zbekiston futzal federatsiyasiga taqdim etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting