«Nasaf» Oybek Bozorov bilan xayrlashdi
U faoliyatini Toshkent klubida davom ettirishi kutilmoqda.
Фото: Насаф ПФК
"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoa yarim himoyachisi Oybek Bozorov "ajdarlar" safidagi faoliyatini yakunlamoqda.
Oybek "Nasaf" sharafini himoya qilgan yillar davomida Oʻzbekiston Superligasida bir marta chempionlik, ikki marta kumush va ikki marta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u jamoa bilan birga uch bor Oʻzbekiston Kubogi hamda uch bor Oʻzbekiston Superkubogida zafar quchdi.
"Maydondagi fidoyiligi va jamoa yutuqlariga qoʻshgan hissasi uchun Oybek Bozorovga samimiy tashakkur izhor etamiz hamda uning professional faoliyatida omad tilaymiz", — deyiladi "Nasaf" klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist