locale OZ

«Nasaf» o‘rtoqlik o‘yinida Germaniya klubiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Ro‘ziqul Berdiev asosan bosh jamoaga nomzod bo‘lgan yosh futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nasaf» o‘rtoqlik o‘yinida Germaniya klubiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Фото: Насаф ПФК

Bugun Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida “Nasaf” Germaniyaning "Zvikau" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Ushbu bellashuvda jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev asosan bosh jamoaga nomzod bo‘lgan yosh futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. O‘yin yakunida “Nasaf” raqibga 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Nazorat uchrashuvi
“Nasaf” 1:6 “Zvikau”
Gol: D. Usmonov (54)
“Nasaf” tarkibi: Aslbek Numanov, Quvonch Xushvaqtov, Akramjon Komilov, Diyor Abdunazarov, Zafar Sa’dullayev, Javohir Ubaydullaev, Mashhurbek Abdisoliyev, Yashnar BerdiRahmonov, Behruz Haydarov, Darvon Usmonov, Asadbek Ramilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Xalilov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting