locale OZ

“Nasaf” kolumbiyalik hujumchiga ko‘z tikdi

Jamoa tajribali futbolchi Xuan Kamilo Sapata bilan muzokara o‘tkazishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa kolumbiyalik hujumchi Xuan Kamilo Sapataga qiziqish bildirmoqda.

31 yoshli futbolchi so‘nggi mavsumda Venesuelaning “Universidad Sentral de Venesuela” klubi safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning samarali o‘yini jamoasiga sezilarli hissa qo‘shgan.

“Nasaf” hujum liniyasini yanada mustahkamlashni rejalashtirgan va Sapata bilan muzokara boshlashi kutilmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, u jamoa uchun muhim transferlardan biriga aylanishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting