«Nasaf» futbolchisi Elit OChL 2-tur ramziy jamoasida (foto)
Dastlabki turda Husayn Norchaev ramziy jamoaga kiritilgandi.
Фото: Насаф ПФК
O‘tgan hafta Osiyoda Elit Chempionlar ligasining 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
"Nasaf" o‘z maydonida Saudiya grandlaridan biri – "Al-Hilol"ni qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu bahsda qarshiliklar safida zaxiradan maydonga tushib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan Javohir Sidiqov tur ramziy jamoasiga kiritildi.
Ma’lumot uchun, dastlabki turda Husayn Norchaev ramziy jamoaga kiritilgandi.
