\"Nasaf\" futbol maktabida bolalar futbol festivali bo‘lib o‘tdi
Bugun "Nasaf" futbol maktabi maydonlarida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bolalar futbol festivali yuqori kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi.
Festivalda 2015–2016-yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat 16 ta hamda 2017–2018-yillarda tavallud topgan bolajonlardan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqalarda nafaqat futbol maktabimiz filiallari jamoalari, balki viloyatimizdagi futbolga ixtisoslashgan maktablar tarbiyalanuvchilari ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Kun davomida yosh futbolchilar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar kechdi. Festival ishtirokchilarining o‘yinlari "Nasaf" futbol maktabi murabbiylari tomonidan diqqat bilan kuzatib borildi. Bu esa kelajakda iste’dodli futbolchilarni saralab olish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish imkonini yaratadi.