locale OZ

Nasaf futbol maktabi tarbiyalanuvchilari terma jamoalarga chaqirildi

Ushbu terma jamoa 6–17 may kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nasaf futbol maktabi tarbiyalanuvchilari terma jamoalarga chaqirildi
photo: Nasaf fk

Barchaga ma’lumki, "Nasaf" futbol maktabi turli yoshdagi terma jamoalarga iqtidorli futbolchilar yetkazib berishda yetakchilardan biri hisoblanadi.

Nurali Qo‘ng‘irov boshchiligidagi "Nasaf" U-16 jamoasi a’zolari — Hasan Uralov, Husan Uralov, Jasur Bahriddinov va Shohjahon Eshboyev O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga chaqirildi. Ushbu terma jamoa 6–17 may kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Shuningdek, Denis Qayumov murabbiyligidagi "Nasaf" U-15 jamoasi a’zolari — Rustam Abduraimov, Og‘abek Farmonov va Sardorbek Eshmurodovlar ham O‘zbekiston U-15 terma jamoasidan chaqiruv oldi. Ular 7–14 may kunlari Armanistonda o‘tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi.

Terma jamoalardan chaqiruv olgan barcha futbolchilarimizga hamda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan terma jamoalarimizga omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting