«Nasaf» - «Dinamo»: Ikki yildan buyon g‘olib aniqlanmayotgan to‘qnashuv
Mavsumning e’tiborli bahslaridan biri bugun, 9 oktabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi. «Dinamo» «Nasaf» mehmoni bo‘ladi. Samarqanddan ko‘plab muxlislar qo‘shni viloyatga yo‘l olishadi.
O‘zaro o‘yinlar tarixi
«Nasaf» va «Dinamo» Superliga tarixida 47 bor to‘qnash kelib, voha klubi 23 o‘yinda ustun kelgan bo‘lsa, 8 bahsda ko‘hna shahar jamoasi g‘alabaga erishgan. 16 o‘yinda kuchlar teng kelgan.
Kuchlar teng kelmoqda
O‘tgan mavsum so‘nggi turlarning oxirgi soniyalarigacha medallar uchun kurashgan «Dinamo» va «Nasaf» jamoalarining o‘zaro o‘yinlarida g‘olib nomi aniqlanmagandi. Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari to‘qnashuvida ikki bahsda ham durang qayd etilgan – 2:2, 0:0. 2026 yilgi mavsum 1-davrasida ham «Dinamo» Hojimirzayevning goli evaziga g‘alabaga yaqin edi, ammo 90+2-daqiqada Muhitdinov «Nasaf»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi – 1:1.