locale OZ

“Nasaf” CH oldidan kuchaymoqda: ikki yangi futbolchi va kuchli transferlar

Qarshiliklar Osiyo chempionlar ligasi oldidan Otubandjo va Shalani jamoaga qoʻshib oldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Osiyo Chempionlar Ligasi elita bosqichida Markaziy Osiyodan yagona ishtirokchi boʻlgan “Nasaf” jamoasi ikki yangi futbolchini jamoaga tanishtirdi.

Olaytan Otubandjo — 32 yoshli nigeriyalik hujumchi. Uning tajribasi ancha boy:
- Slovakiya chempioni (“Jilina”),
- Avstriyada ikki karra kumush medal sohibi (“Zaltsburg” va “LASK”),
- Armanistonda ikki karra chempion va ikki marta eng yaxshi toʻpurar.

Jami 346 professional uchrashuvda 162 gol va 52 assistga erishgan. Yevrokuboklarda 42 uchrashuvda 8 gol va 3 golli pas qayd etgan. Uning “Pyunik” klubidagi faoliyatini tark etib, Qarshiga kelishini katta transfer sifatida baholash mumkin. Maoshi taxminan oyiga 30 ming dollar atrofida boʻlishi mumkin.

Adenis Shala - Kosovolik vinger. U ham chempionliklar bilan maqtana oladi:
- Makedoniya va Kosovo chempionliklari,
- 180 oʻyinda 36 gol va 34 assist,
- Konferensiyalar ligasida 10 uchrashuvda 2 gol va 2 assist.

U terma jamoaga chaqirilmagan, ammo Kosovoda qanotlarda raqobat juda kuchli — Jigrova, Rashitsa, Korenitsa va Krasniki kabi futbolchilar bor.

Shuningdek, “Nasaf” yarim himoyani kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Ilk bor ganalik Salifu Moro nomzod sifatida koʻrilgan - u Misrning “Al-Ittihod” jamoasida oʻynagan va 2021 yilda Gana termasiga chaqirilgan, ammo zaxirada qolgan. Moro oʻrniga “Nasaf” Kingsley Sokarini imzoladi. U ham Afrikada faoliyat yuritgan, soʻnggi klubi — Quvayt chempionatining “Kazma” jamoasi. Uning ham termada bir nechta oʻyini bor. Bu transfer nisbatan iqtisodiy yechim sifatida koʻrilmoqda. Uning imkoniyatlarini musobaqalar koʻrsatadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting