locale OZ

«Nasaf» – «Buxoro» uchrashuvi Superliga reglamenti bandi asosida Buxoroda o‘tkaziladi

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nasaf» – «Buxoro» uchrashuvi Superliga reglamenti bandi asosida Buxoroda o‘tkaziladi
Фото: UzPFL

Superliga reglamentining 14.8-bandi bo‘yicha “Nasaf” futbol klubi Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “Buxoro” futbol klubiga qarshi 13-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuv uchun maydon masalasini o‘yin startiga 20 kun vaqt qolguniga qadar hal qila olmadi.

Shundan kelib chiqib, 13-aprel kungi “Nasaf” — “Buxoro” uchrashuvi “Nasaf” klubining nominal mezbonligi ostida Buxoro futbol akademiyasida o‘tkaziladi. Tomonlarning musobaqa ikkinchi davrasi doirasidagi javob o‘yini “Buxoro” klubining nominal mezbonligi ostida Buxoro shahrida (yoki klub tomonidan ehtimoliy taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa stadionda) bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq xuddi shu kabi holat Superliganing 3-turi doirasidagi “Mash’al” — “Qizilqum” hamda 4-tur doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” o‘yinlarida ham kuzatilgandi.

Liga bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida klublardan reglament talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashni so‘raydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting