locale OZ

«Nasaf» — «Al Vahda» uchrashuvini saudiyalik hakamlar boshqaradi

Ushbu bahs ertaga soat 18:45 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nasaf» — «Al Vahda» uchrashuvini saudiyalik hakamlar boshqaradi
Фото: UzPFL

3 noyabr kuni "Nasaf" Elit Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur bahsida BAAning "Al Vahda" jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvni saudiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Xalid Soleh Alturays (Saudiya Arabistoni). Unga vatandoshlari Muhammad Makiy Alabakriy va Abdurahim Habib Al Shammari yordam beradi.

To'rtinchi hakam sifatida Husayn Alfunhush Shukriy, VAR tizimida esa Sultan Sanat Alkharbiy va Mamduh Mufaroh Al Shahdan faoliyat yuritadi, bularning barchasi Saudiya Arabistonidan.

Uchrashuvning hakamlar nazoratchisi esa Tang Yev Mun (Singapur), musobaqa komissari Ahmad Shahir (Maldiv orollari).

Bellashuvning mahalliy media ofitseri Sherzod Rajabov, bosh koordinatori esa Akmal Rahmatov bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting