locale OZ

«Napoli» Yevrokuboklar tarixida ilk bor bir oʻyinda 6 ta gol oʻtkazib yubordi

Neapol klubi YChL 3-turida «PSV»ga yirik hisobda magʻlub boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Yevrokuboklar tarixida ilk bor bir oʻyinda 6 ta gol oʻtkazib yubordi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 3-turida «Napoli» safarda «PSV»ga yirik 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Opta xabariga koʻra, neapolliklar Yevrokuboklar tarixida ilk bor bitta oʻyinda 6 ta gol oʻtkazib yubordi.

Soʻnggi marta «Napoli» 1997 yilning 21 dekabrida A Seriya doirasida «Sampdoriya»dan 3:6 hisobida magʻlub boʻlgandi.

YChL guruh bosqichi 3-turidan soʻng «PSV» 4 ochko bilan turnir jadvalining 11-o‘rinida joylashgan. «Napoli» esa 3 ochko bilan 22-o‘rinda bormoqda.

Maʼlumot uchun, «PSV» navbatdagi turni safarda «Olimpiakos»ga, «Napoli» esa oʻz maydonida «Ayntraxt»ga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuvlar 4 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting