locale OZ

«Napoli» yarimhimoyachisi oʻz bogʻiga Maradona haykalini oʻrnatdi

Avvalroq Maktominey ham shunday ish qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» yarimhimoyachisi oʻz bogʻiga Maradona haykalini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

«Napoli» yarim himoyachisi Billi Gilmor ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bog‘iga Neapol klubi afsonasi Diyego Maradonaning bo‘y-bastiga teng haykalini o‘rnatgani haqida video joylashtirdi. Haykal muallifi — rassom Stefano Sesi. Ushbu haykal Fuorigrottadagi stadionning tribuna osti yo‘lagida o‘rnatilgan haykalning aynan nusxasi hisoblanadi.

E’tiborli jihati shundaki, avvalroq «Napoli»ning boshqa bir yarimhimoyachisi Skott Maktominey ham o‘z hovlisiga Maradonaning haykalini o‘rnatgan edi.

Maradona 1984 yildan 1991 yilga qadar «Napoli» sharafini himoya qilgan. Neapolliklar safida o‘tkazgan 258 ta o‘yinida u 115 ta gol urib, 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Maradona klub bilan birgalikda ikki bor Seriya A, Italiya Kubogi, UEFA Kubogi va Italiya Superkubogida g‘olib chiqqan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting