«Napoli» Vlahovichni sotib olmoqchi
Фото: Getty Images
"Napoli" Romelu Lukaku jarohatidan so‘ng hujum chizig‘ini kuchaytirish harakatlarini boshladi.
La Gazzetta Dello Sport xabariga ko‘ra, neapolliklar "Juventus" hujumchisi Dushan Vlahovich variantiga e’tibor qaratmoqda.
Klub allaqachon serbiyalik 25 yoshli futbolchi borasida uning vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer yuzasidan suhbat o‘tkazgan.
"Milan" ham Dushan uchun kurashmoqda. Massimiliano Allegri hujum chizig‘ida Vlahovichni ko‘rishni xohlamoqda.
"Bianconeri" Vlahovichni 20 million yevroga sotib yuborishga tayyor.
Bahrom Bobonov
Redaktor