locale OZ

«Napoli» «Trabzonspor» markaziy himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Turklar oʻz futbolchisi uchun 30—35 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» «Trabzonspor» markaziy himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Trabzonspor» va Ukraina yoshlar terma jamoasi himoyachisi Arseniy Batagov Yevropaning bir qator nomdor klublari e’tiborini tortdi. Taka Gazetesi xabariga ko‘ra, futbolchiga «Napoli», «Bolonya» va «Benfika» qiziqish bildirmoqda.

Mazkur klublar vakillari 5 yanvar kuni Gaziantep shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiya Superkubogi yarimfinali doirasidagi «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvda Batagovning o‘yinini stadiondan turib kuzatishni rejalashtirgan.

O‘tgan mavsumda ukrainalik himoyachini 1,8 mln yevro evaziga safiga qo‘shib olgan «Trabzonspor» rahbariyati futbolchi uchun narx belgilab bo‘lgan. Klub Batagovni 30–35 mln yevro atrofida baholamoqda va ushbu summadan past takliflarni muhokama qilishni istamayapti.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, 23 yoshli markaziy himoyachining bozor qiymati 9 mln yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda Batagov Turkiya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchi Ukraina yoshlar terma jamoasi safida ham to‘p suradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting