locale OZ

«Napoli» sport direktori Lukaku borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi: «Klub har doim birinchi o‘rinda bo‘lishi shart»

Avvalroq Lukaku Belgiya milliy jamoasini tark etib, yakka tartibda mashgʻulotll oʻtkazayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» sport direktori Lukaku borasidagi vaziyatga munosabat bildirdi: «Klub har doim birinchi o‘rinda bo‘lishi shart»
FOTO: Getty Images

«Napoli» sport direktori Jovanni Manna jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning klub ixtiyoriga qaytishdan bosh tortgani bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

«Biz Romeludan qaytishni so‘raganimizda, u qolishga qaror qildi va jarohatini baholash uchun Belgiyada qoldi. Klub manfaati har doim birinchi o‘rinda turishi kerak. Biz bu borada tegishli choralar ko‘ramiz», — deya funksionerning so‘zlarini keltirmoqda Romano.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgiyalik forvard terma jamoa ixtiyorini tark etgani va shaxsiy murabbiyi bilan birga individual dastur asosida mashg‘ulotlarga kirishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Lukaku joriy mavsumda «Napoli» safida barcha musobaqalarda jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. Hujumchi yozda olgan jarohati sababli mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting