locale OZ

«Napoli» Seballos transferi ustida ishlashda davom etmoqda

Seballosning Argentina klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Napoli" Seballos transferi ustida ishlashda davom etmoqda
ФОТО: Getty images

Italiyaning "Napoli" klubi "Boca Xuniors" qanot hujumchisi Esekiel Seballosni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Alfredo Pedullaning ma'lum qilishicha, neapolliklar argentinalik futbolchini bir necha oydan beri kuzatib kelmoqda. Iyul oyi boshida esa Seballos "Napoli"ga o'tishga rozilik bergan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi "Boca Xuniors"ga 10 million yevro miqdorida rasmiy taklif yuborgan. Shuningdek, "Napoli" futbolchining vakillari bilan ham shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan.

Esekiel Seballosning Argentina klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil dekabr oyi oxirigacha mo'ljallangan. Unga boshqa klublar ham qiziqish bildirganiga qaramay, futbolchining o'zi faoliyatini aynan "Napoli"da davom ettirishni ustuvor variant sifatida ko'rmoqda.

Biroq transferni yakunlash uchun "Napoli" avval tarkibdagi bir nechta futbolchini sotishi kerak bo'ladi.

Joriy mavsumda 24 yoshli qanot hujumchisi 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting