\"Napoli\" Sancho bo‘yicha aloqaga chiqdi
U "MYu"ni tark etishga tayyor.
Фото: Getty Images
Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga o‘tishi mumkinligi haqida Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, inglizning 25 yoshli futbolchisi Italiyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan.
Biroq "Manchester Yunayted" Jeydon uchun 25 million yevro so‘ramoqda, uning shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.
Bu summa "Napoli" uchun bir oz qimmatlik qilmoqda. Klub Sancho bo‘yicha kelisha olmasa, "Bolonya"ning ikki futbolchisi – vinger Dan Ndoe va himoyachi Sam Bekema bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Shuningdek, jamoa "Udineze"dan Lorenzo Lukkani ham sotib olish variantlarini o‘rganib chiqmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist