«Napoli» Rasmus Hoylund transferini e'lon qildi
Фото: Getty Images
"Manchester United" hujumchisi faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi.
Neapol klubi daniyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, italiyaliklar futbolchini 6 mln yevroga ijaraga olishdi. Ular muayyan shartlar bajarilsa, Hoylundni 44 million yevroga sotib olishga majbur bo‘lishadi.
Hoylund o‘tgan mavsum MYU safida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist