“Napoli” Lukakuning kelajagi borasida bayonot berdi
33 yoshli hujumchining neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar amal qiladi.
FOTO: Getty Images
“Napoli” sport direktori Jovanni Manna jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning kelajagi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, belgiyalik futbolchi klubning muhim a’zosi bo‘lib qolmoqda va hozircha uning ketishi masalasi kun tartibida yo‘q. (Football Italia)
“Lukaku — bizning futbolchimiz. Biz undan mamnunmiz va u bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Hozir uning transferi haqida gapirishning o‘zi noo‘rin.”
Ma’lumot uchun, 33 yoshli hujumchining “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. So‘nggi vaqtlarda uning boshqa klublarga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati futbolchini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist