locale OZ

«Napoli» Lukaku bilan xayrlashishga tayyor

Tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Lukaku bilan xayrlashishga tayyor
ФОТО: Getty images

"Napoli" klubi yozgi transfer oynasida hujumchi Romelu Lukaku bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar 33 yoshli belgiya forvardi bo'yicha 10 million yevro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Avvalroq "Napoli" rahbariyati futbolchining agenti Federico Pastorello bilan muzokara o'tkazgan. Uchrashuv yakunlariga ko'ra, tomonlar hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilgan.

Shuningdek, klub Lukakuga maoshini kamaytirishni taklif qilgan, ammo tajribali hujumchi bu variantni rad etgan.

Shu sababli, belgiya futbolchisining joriy yozda "Napoli"ni tark etish ehtimoli sezilarli darajada oshgani ta'kidlanmoqda.

O‘tgan mavsum Lukaku barcha musobaqalar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta sariq kartochka oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting