«Napoli» Konatening isteʼfoga chiqishi fonida Tiago Motta bilan bogʻlandi
Jurnalist Paskuale Guarro ma’lumotiga ko‘ra, «Napoli» rahbariyati bosh murabbiy Antonio Kontening jamoani tark etishi fonida Tiago Mottaga murojaat qilgan.
«Hozirgi kunda Antonio Kontening «Napoli»ga qaytishi rejalashtirilgani soʻroq ostida qolmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar oxirgi kunlardagi kabi tarangligicha saqlanmoqda», — deya yozadi Guarro ijtimoiy tarmoqlarda.
«De Laurentiis hech qanday kompensatsiya to‘lamaslik niyatida. Prezident murabbiyiga shuni bildirgan: agar xayrlashuvga borilsa, iste’fo qarorini faqat u qabul qilishi kerak. Ko‘ramiz, Kontening qarori nima bo‘ladi. Hatto u qaytgan taqdirda ham jamoa bilan muhim masalalarni hal qilishi zarur bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qiladi jurnalist.
Shu bilan birga, «Napoli» har qanday voqea rivojiga tayyor bo‘lish uchun Tiago Motta bilan bog‘langan.