«Napoli» Kasadoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Transferning taxminiy qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
"Barselona" yarimhimoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Get Football News Italy xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga "Napoli" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiyaning ushbu klubi Kasadoni o‘tgan yozda ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi.
Biroq o‘shanda futbolchi "Barselona"da qolishni ma’qul ko‘rgandi. Endi esa vaziyat o‘zgargan bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kasadoni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmayapti. Shu bois futbolchining ketish ehtimoli ortgan. Transferning taxminiy qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist