locale OZ

“Napoli” kapitan Di Lorenso bilan shartnomani uzaytirdi

Avvalgi kelishuv 2028-yilgacha amal qilishi kerak edi.
“Napoli” kapitan Di Lorenso bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: Getty Images

“Napoli” jamoa sardori Jovanni Di Lorenso bilan hamkorlikni davom ettiradi. 33 yoshli italiyalik himoyachining yangi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Avvalgi kelishuv 2028-yilgacha amal qilishi kerak edi.

Di Lorenso neapolliklar safida uzoq yillardan beri asosiy futbolchilardan biri bo‘lib kelmoqda. U 2022-yildan buyon “Napoli” sardori hisoblanadi va klub rahbariyati uni jamoaning muhim yetakchilaridan biri sifatida saqlab qolishga qaror qildi.

Yangi bitim muddati yakunlanganida himoyachi 37 yoshda bo‘ladi. Shu sababli Italiya matbuoti mazkur kelishuv Di Lorensoga professional faoliyatini aynan “Napoli”da yakunlash imkonini berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Di Lorenso “Napoli”ga 2019-yilda kelib qo‘shilgan. U neapolliklar safida 305 ta uchrashuvda 20 ta gol urgan va klub tarixining so‘nggi yillardagi eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting