locale OZ

«Napoli» Joau Gomesh bilan kelishuvga erishdi — manba

Biroq neapolliklar hali ushbu transferni yakunlay olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Joau Gomesh bilan kelishuvga erishdi — manba
FOTO: Getty Images

«Napoli» «Vulverxempton» yarimhimoyachisi Joau Gomesh bilan maosh va shartnoma shartlari boʻyicha kelishuvga erishdi. Ammo A Seriya chempioni hozircha 24 yoshli futbolchining klubdan transferini yakunlay olmadi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» braziliyalik o‘yinchini yozdan beri kuzatib kelmoqda. Mankuniyaliklar Gomeshni klubdan 33 yoshli Kazemiro ketgach, yarimhimoyaga ishonch va barqarorlik olib kiradigan futbolchi sifatida ko‘rishadi.

Joriy mavsumda «Vulverxempton» yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 24 o‘yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting