locale OZ

\"Napoli\" ikki nafar \"Liverpul\" futbolchisini sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Napoli" ikki nafar "Liverpul" futbolchisini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Liverpul" futbolchilari Darvin Nunyes va Federico Kyeza faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

La Repubblica xabariga ko‘ra, “mersisaydlilar” Nunyes va Kyeza bilan xayrlashishga tayyor. APL chempioni har ikki futbolchining sotuvdan taxminan 105 million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda.

"Napoli" yangi haftada bu futbolchilar bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.

O‘tgan mavsum Federico 14 ta o‘yinda 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi. Darvin esa mavsumni 47 ta o‘yinda 7 ta gol va 7 ta assist bilan yakunladi.


Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting