locale OZ

«Napoli» Gutyerresni sotib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Gutyerresni sotib oldi
Фото: Napoli

“Napoli” Miguel Gutyerresni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

24 yoshli himoyachi “Girona” klubidan Neapolga yo‘l oldi. Shartnoma qancha muddatga tuzilganligi oshkor qilinmadi.

Transfer qiymati 18 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, yana 2 million yevro bonuslar ham bor.

Ispaniyalik futbolchi “Real” tarbiyalanuvchisi sanaladi. Kataloniya klubi uni 2022 yili 4 million yevroga sotib olgandi.

Gutyerres o‘tgan mavsumda La Ligada 29 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting