locale OZ

«Napoli» Garnachoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Garnachoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Italiyaning "Napoli" klubi yozgi transfer oynasida "Chelsi" vingeri Alejandro Garnachoni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 21 yoshli argentinalik futbolchini taxminan 46 million yevro evaziga sotishga tayyor. Garnachoning "Stamford Brij"dagi mavqeidan norozi ekani ham ehtimoliy transferga turtki bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Argentinaning "River Pleyt" klubi ham futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, "Chelsi" Garnachoning transferi kutilgan natijani bermaganini tan olgan. Argentinalik futbolchi 2025 yilning avgust oyida "Manchester Yunayted"dan xarid qilingan va u bilan 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

2025/26 yilgi mavsumda Garnacho barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting