“Napoli” De Bryuynening ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
“Napoli” sport direktori Jovanni Manna Kevin De Bryuynening kelajagi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, belgiyalik yarim himoyachining klubni tark etishi haqida hozircha hech qanday gap yo‘q va u jamoa loyihasining muhim qismi hisoblanadi.
“Kevin bizning futbolchimiz va biz undan to‘liq mamnunmiz. Uning ketishi bo‘yicha hech qanday muzokara olib borilmayapti. U yangi mavsumda ham jamoamizning muhim futbolchilaridan biri bo‘ladi.”
So‘nggi kunlarda De Bryuynening Turkiya yoki Saudiya Arabistoni klublariga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “Napoli” rahbariyati bu mish-mishlarni rad etib, 35 yoshli futbolchini saqlab qolish niyatida ekanini bildirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozigacha amal qiladi.