«Napoli» Arokodarega qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images
“Genk” hujumchisi Tola Arokodare faoliyatini “Napoli”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Neapol klubi Romelu Lukaku jarohatidan so‘ng markaziy hujumchi izlamoqda. Tola klubning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"Genk" uni o‘tgan mavsumda Belgiyada to‘purar bo‘lganidan keyin 20/25 mln yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Tolu Arokodare "Genk"ning barcha musobaqalardagi 45ta o‘yinida maydonga tushgan. Nigeriya terma jamoasi hujumchisi 23 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. TransferMarkt futbolchini 18 mln yevroga baholamoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor