«Napoli» Antonio Konte bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi
Italiyaning “Napoli” klubi rasmiy saytida Antonio Kontening bosh murabbiylik lavozimidan ketganini e’lon qildi.
“Napoli” futbol klubi Antonio Konte va uning murabbiylar shtabi bilan shartnomalari muddati tugamasidan oldin hamkorlikni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini ma’lum qiladi.
Uning qoʻl ostida ikki mavsum davomida “Napoli” 2025-yil 23-mayda toʻrtinchi chempionlik unvonini va 22-dekabrda Italiya Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Biz murabbiy va uning jamoasiga ajoyib ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ularga kelajakda eng yaxshi tilaklarni va keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Rahmat, murabbiy!” — deyiladi klub xabarida.
“Napoli” Italiya A Seriyasining 2025/2026-yilgi mavsumi yakunlariga koʻra ikkinchi oʻrinni egalladi.