locale OZ

«Napoli» Allegrining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

«Napoli» sport direktori Jovanni Manna ayni damda «Milan»ni boshqarayotgan Allegri bilan kechki ovqat ustida uchrashuv o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Allegrining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda
photo: gettyimages

Massimiliano Allegrining «Napoli»ga tayinlanish imkoniyatlari ortib bormoqda, deb xabar beradi Corriere della Sera nashri Calciomercato‘ga tayanib.

Garchi Mauritsio Sarri Antonio Kontening asosiy vorisi sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, «Atalanta» ham unga da’vogarlik qilmoqda. Bu esa «Latsio» bosh murabbiyini qiyin tanlov qarshisida qoldirmoqda.

Bunday vaziyatda so‘nggi kunlarda «Napoli» sport direktori Jovanni Manna ayni damda «Milan»ni boshqarayotgan Allegri bilan kechki ovqat ustida uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida italiyalik mutaxassisga hali u milanliklar boshqaruvini qo‘lga olishidan avval — o‘tgan yili taklif qilingan ikki yillik shartnoma muhokama qilindi.

Neapolliklar hali ham bunday kelishuvga tayyor ekanliklarini Manna orqali bildirishdi. Biroq Allegrining o‘zi «Milan»dagi kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagani sababli javob berishga shoshilmayapti. U «rossoneri» rahbariyati oldiga qator talablarni qo‘ygan va agar ular qabul qilinmasa, klubni tark etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting