«Napoli» Allegri bilan muzokara olib bormoqda
U bilan ikki yillik shartnoma bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
ФОТО: Getty images
Jurnalist Janluka Di Marzioning xabar berishicha, “Napoli” kuni kecha “Milan”dan iste’foga chiqarilgan Massimiliano Allegri nomzodini ko‘rib chiqmoqda — u bilan ikki yillik shartnoma bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Qiziq jihati shundaki, Allegri nomzodi “Napoli” uchun ustuvor emas. Klub shuningdek Vinchenzo Italiano bilan ham aloqaga chiqqan va dastlabki muzokaralar ijobiy o‘tgan. Hozirda “Bolonya”ni boshqarayotgan murabbiy o‘z kelajagini hozirgi jamoasi rahbariyati bilan muhokama qilishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq “Milan” Allegri va ishdan bo‘shatilgan rahbariyatga 20 million yevrodan ortiq tovon puli to‘lashi ma’lum bo‘lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist