locale OZ

«Napoli» Alisson Santosni to’liq sotib oldi

Santos yanvar oyida ijara asosida “Napoli”ga o‘tgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Napoli» Alisson Santosni to’liq sotib oldi
ФОТО: Getty images

“Napoli” vinger Alisson Santosning shartnomasini sotib olganligini rasman e’lon qildi.

Avvalroq, “Partenopeylar” Lissabonning “Sporting” klubiga 16,5 million yevro to‘lashi haqida xabar qilingandi. Italiya klubi bu qarorni aprel oyidayoq qabul qilgan, iyun oyida esa bu haqda portugaliyaliklarni rasman xabardor qilgan.

Shuningdek, neapolliklar braziliyalik futbolchi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingan. Shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutiladi.

Alisson Santos yanvar oyida ijara asosida “Napoli”ga o‘tgan edi. Vinger Italiya jamoasi safida barcha musobaqalarda jami 15 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi.

“Napoli” A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting