«Nant» va «Kardiff Siti» o‘rtasidagi Emiliano Sala ishi bo‘yicha sud yakunlandi
Marhum hujumchi Emiliano Salaning transferi bilan bog‘liq «Nant» va «Kardiff Siti» klublari o‘rtasidagi sud jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. Nant tijorat sudi Fransiya klubi foydasiga hukm chiqardi. BBC xabariga ko‘ra, «Kardiff Siti» jamoasi «Nant»ga 480 ming yevro miqdorida tovon puli to‘lashi shart.
Aslida, Sala 2021 yilda «Nant»dan «Kardiff»ga 17 million yevro evaziga o‘tishi kerak edi, biroq transferni yakunlash uchun Uelsga uchib ketayotgan vaqtida aviahalokatda fojiali tarzda halok bo‘lgan.
Avvalroq, Uels klubi «Nant»dan 122 million yevro talab qilib, Salaning kelishi jamoaga katta foyda keltirishi va uni Premyer-ligaga olib chiqishi mumkin bo‘lganini iddao qilgan edi. Biroq sud ushbu talablarni asossiz deb topdi va ancha kam miqdordagi summani belgiladi.
Ma’lumot uchun, Emiliano Sala 2019 yil 21 yanvarda vafot etgan. U o‘z faoliyati davomida «Bordo», «Orlean» va «Kan» kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.