locale OZ

Nani Ronalduning milliy jamoadagi roli haqida: U 10 daqiqa maydonga tushishi yoki asosiy tarkibda o‘ynashi mumkin — barchasi o‘yinga bog‘liq

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

"Manchester United" va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Luis Nani Krishtianu Ronalduning jamoadagi o‘rni haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu yoshiga qaramay, hali ham terma jamoaga foyda keltira oladi. Biroq u har doim to‘liq o‘yin o‘tkazishi shart emas.

“Krishtianu doimo yordam berishga tayyor. Hammasi murabbiy qaroriga bog‘liq. U o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi yoki 10–20 daqiqa maydonga tushib, o‘yinning borishini o‘zgartirishi mumkin. Agar hisobni ushlab turish talab etilsa, ehtimol, yangi kuchga ega futbolchini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lar”, — dedi Nani "MYACH Production" YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli "Al-Nasr" futbolchisi Ronaldu 2024/25 yilgi mavsum Liga natsiyasi yarim finali uchun Portugaliya terma jamoasiga yana chaqirildi. Germaniyaga qarshi uchrashuv 4 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim finalda Ispaniya va Fransiya to‘qnash keladi. Turnir finali 8 iyun kuni Myunxenda o‘tkaziladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting