locale OZ

Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi – Shavkat Mirziyoyev

Davlatimiz rahbari vodiy futboli haqida ham gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi – Shavkat Mirziyoyev
Фото: Шерзод Асадов телеграм канали

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari vodiy futboli haqida ham to‘xtaldi.

“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. ‘Navbahor’ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram”, - dedi davlatimiz rahbari.

Yaqinda ‘Navbahor’ futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur ‘Ayaks’ futbol akademiyasi boshqaruviga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezidentimiz kelajakda bu akademiyada dunyoning "top" klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

“Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribalari ko‘rib chiqildi”, - deyiladi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov kanalida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting