locale OZ

Namangandan qaytayotgan «Nasaf» muxlislari ayanchli YTHga uchradi

"Nasaf" klubi marhum muxlisning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namangandan qaytayotgan "Nasaf" muxlislari ayanchli YTHga uchradi
Фото: Насаф ПФК

Kecha, 30 oktyabr kuni Namanganda bo'lib o'tgan "Navbahor" – "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan keyin "Nasaf" muxlislari ishtirokida fojiali yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Nasaf" jamoasini stadiondan qo'llab-quvvatlash uchun borgan bir guruh muxlislar Namangan–Qarshi yo'nalishida orqaga qaytish chog'ida Taxtiqoracha dovonida YTHga uchragan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan muxlislardan biri Mahmud Muhammadiev hayotdan ko'z yumgan. Qolgan to'rt nafar muxlis turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Nasaf" klubi marhum muxlisning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

"Mahmud Muhammadiev jamoamizning fidoyi muxlislaridan biri edi. Uning mehri va sadoqati har doim xotiramizda qoladi", — deyiladi klub bayonotida.

Marhumning janozasi ertaga, 1 noyabr kuni soat 08:00 da Qamashi tumanida bo'lib o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting