locale OZ

Namanganda yangi sport maydoni foydalanishga topshirildi

Mazkur inshoot Sport vazirligi tomonidan “Tashabbusli sport” loyihasi asosida qurib bitkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda yangi sport maydoni foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Namangan viloyati Chortoq tumani Laskidon MFY hududida zamonaviy street workout maydonchasi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur inshoot O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan “Tashabbusli sport” loyihasi asosida 5-umumta'lim maktabi hududida barpo etildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Dilfuza Hakimova, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Yunusov, nuroniylar, sportga qiziquvchi yoshlar hamda sport boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Yangi sport maydonchasi yoshlar va mahalla aholisi uchun ochiq bo‘lib, ular bu yerda sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar, kuch va bardamlikni oshiruvchi sport mashqlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting