locale OZ

Namanganda tennis bo‘yicha viloyat chempionati o'tkazildi

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda tennis bo‘yicha viloyat chempionati o'tkazildi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

2026-yil 27-aprel – 3-may kunlari Davlatobod tumani sport maktabida tennis sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Namangan viloyati chempionati tashkil etildi.

Musobaqada viloyatimiz hududlaridan kelgan yoshdagilar yosh sportchilar 2010–2011-yillar, 2012–2013-yillar, 2014-yil va undan kichik yosh toifalarida bellashdilar.

Hafta davomida o‘tgan bahslar murosasiz va qiziqarli ruhda kechdi. Ishtirokchilar o‘zlarining texnik mahorati, chaqqonligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etib, tomoshabinlarga chiroyli o‘yinlar taqdim etdilar.

Chempionat yakunida eng kuchli sportchilar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting