locale OZ

Namanganda Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi

Jami 28 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Namangan viloyatida sportning “Regbi-7” turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar va qiz bolalar (U-16) o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 2-davra o‘yinlari rasman boshlandi.

Mazkur nufuzli musobaqa Mingbuloq tumani sport maktabida yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Unda yurtimizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan terma jamoalar ishtirok etmoqda.

Jami 28 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan ushbu chempionat yosh sportchilarning mahoratini oshirish, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va regbi sportini yanada ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting