Namanganda gandbol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
2026-yilning 28–29-iyul kunlari Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning gandbol turi bo‘yicha U-16 va undan kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Namangan viloyati kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh gandbolchilar g‘oliblik uchun o‘zaro murosasiz bahslarda ishtirok etishdi. Bellashuvlar davomida sportchilar o‘zlarining texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy o‘yin uslublarini namoyish etib, tomoshabinlarga qiziqarli va shiddatli uchrashuvlarni taqdim etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar va sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.