Namanganda futbol bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar tashkil etildi
Namanganda futbol bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar tashkil etildi
Seminar davomida futbol yo‘nalishidagi sport-ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, direktor o‘rinbosarlarining boshqaruv va tashkiliy ko‘nikmalarini oshirish, yangi o‘quv yilida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini sifatli yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yosh futbolchilarni saralash, iqtidorli sportchilarni aniqlash, mashg‘ulotlar sifatini oshirish, murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda sport-ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab oldilar.